Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 17-oktabr
2Brain ("biz", "xizmat") — marketing agentliklar va jamoalar uchun ish platformasi: vazifalar, kontent reja, Instagram, Telegram va YouTube'ga nashr, Instagram'da AI javoblar va oylik hisobot. Ushbu hujjat qanday ma'lumot to'plashimizni, nima uchun ishlatishimizni va uni qanday himoya qilishimizni tushuntiradi.
1. Qanday ma'lumot to'playmiz
- Hisob ma'lumotlari — email, ism, kompaniya nomi, shifrlangan parol; ro'yxatdan o'tgandagi tanishuv javoblari (lavozim, jamoa kattaligi, nimaga ishlatish).
- Jamoa ishi — loyihalar, vazifalar, izohlar, muddatlar va ular bo'yicha hisoblangan KPI ko'rsatkichlari.
- Bilim bazasi (2-miyya) — siz o'zingiz kiritgan matnlar, fayllar va sayt manzillari.
- Instagram ma'lumotlari — siz ruxsat berganingizdan so'ng: profil nomi va rasmi, kiruvchi Direct xabarlar, kommentlar va mention'lar hamda ular muallifining ochiq foydalanuvchi nomi.
- Telegram ma'lumotlari — botimizga ulangan xodimning Telegram chat ID'si va foydalanuvchi nomi; bot admin qilingan kanalning nomi, ID'si va a'zolar soni.
- YouTube ma'lumotlari — siz Google orqali ruxsat berganingizdan so'ng: kanal nomi, rasmi va obunachilar soni hamda video yuklash uchun kirish tokeni.
- Foydalanish hodisalari — qaysi funksiya qachon ishlatilgani (statistika va xatolarni topish uchun).
2. Nima uchun ishlatamiz
- Vazifa, eslatma va hisobotlarni jamoangizga yetkazish uchun (ilovada va Telegram'da).
- Siz tayyorlagan postlarni siz tanlagan vaqtda va siz tanlagan akkauntlarga nashr qilish uchun.
- Kiruvchi xabarlarga sizning uslubingizda javob tayyorlash va kontent (ssenariy, karusel, reja) yaratish uchun.
- Sizga statistika, KPI va CRM ko'rsatish uchun.
Ma'lumotlaringizni reklama uchun ishlatmaymiz, sotmaymiz va uchinchi tomonlarga bermaymiz — quyida sanalgan, xizmat ishlashi uchun zarur provayderlardan tashqari.
3. Xizmat provayderlari
- AI modellari — Anthropic (Claude), Google (Gemini), OpenAI yoki DeepSeek. Javob yoki kontent tayyorlash uchun zarur matn parchalari tanlangan modelga yuboriladi. Ushbu provayderlarning API shartlariga ko'ra ma'lumot model o'qitish uchun ishlatilmaydi.
- VoiceLab (voicelab.uz) — ovozli eslatma matni (vazifa nomi va muddati) ovozga aylantirish uchun yuboriladi.
- To'lov tizimlari — karta ma'lumotlari to'g'ridan-to'g'ri to'lov provayderiga kiritiladi, bizda saqlanmaydi.
4. Meta / Instagram ma'lumotlari
Instagram bilan ishlash faqat rasmiy Meta Graph API orqali amalga oshiriladi va Meta Platform Terms hamda Developer Policies talablariga bo'ysunadi. Biz faqat siz ruxsat bergan permission'lar doirasidagi ma'lumotni olamiz.
Ulanishni bekor qilish: Instagram → Sozlamalar → Saytlar va ilovalar → 2Brain → O'chirish. Shundan so'ng saqlangan token darhol yaroqsiz holga keltiriladi.
5. Google / YouTube ma'lumotlari
YouTube bilan ishlash faqat rasmiy YouTube Data API orqali amalga oshiriladi va YouTube Terms of Service hamda Google Privacy Policy ga bo'ysunadi. Google API'laridan olingan ma'lumotdan foydalanish Google API Services User Data Policy, jumladan Limited Use talablariga mos keladi: ma'lumot faqat siz so'ragan video yuklash va kanal nomini ko'rsatish uchun ishlatiladi, boshqa maqsadga ishlatilmaydi va uchinchi tomonga berilmaydi.
Ruxsatni olib qo'yish: myaccount.google.com/permissions → 2Brain → Ruxsatni olib tashlash. Shuningdek ilovadagi "Akkauntlar" bo'limidan kanalni uzishingiz mumkin.
6. Telegram
Bot faqat siz admin qilgan kanalga post yuboradi va faqat o'ziga yozilgan xabarlarni o'qiydi. Botni kanal administratorlaridan olib tashlasangiz, kanal xizmatdan avtomatik uziladi.
7. Saqlash muddati va o'chirish
Ma'lumotlar hisobingiz faol bo'lgunicha saqlanadi. Istalgan payt:
- 2-miyyadagi har bir yozuvni, vazifani va ulangan akkauntni alohida o'chira olasiz;
- butun hisobni o'chirish uchun [email protected] ga yozing — 30 kun ichida bajariladi;
- Instagram orqali "ma'lumotlarni o'chirish" so'rovi yuborilsa, unga bog'liq barcha xabar, suhbat va kontaktlar avtomatik o'chiriladi.
8. Xavfsizlik
Parollar bcrypt bilan xeshlanadi. Instagram, YouTube va boshqa xizmatlarning token'lari serverda saqlanadi va brauzerga hech qachon yuborilmaydi. Har jamoaning ma'lumoti alohida. Barcha aloqa HTTPS orqali.
9. Bog'lanish
Savollar bo'lsa: [email protected]