2brain
Muammo Qanday ishlaydi KPI Narxlar Savollar

Marketing agentliklari va SMM jamoalari uchun

Kim nima qilyapti, so'ramasdan ham bilasiz.

Vazifani bir marta yozasiz, xodim uni Telegram'da oladi. Muddat yaqinlashsa bot o'zi eslatadi, tayyor post esa vaqtida chiqib ketadi. Oy oxirida kim qancha ishlagani ham shu yerda ko'rinadi.

14 kun bepul. Karta so'ramaymiz, sinov davrida 5 kishigacha qo'shasiz.

38 soniya

Qisqasi, mana bunday ishlaydi

Chatdan farqi

Vazifa chatda yo'qolib ketmaydi.

Guruhga yozilgan topshiriq ertasiga ellikta xabarning tagida qoladi. 2Brain'da har ishning egasi va muddati bor, siz ham, PM ham, xodim ham bitta doskaga qaraysiz.

  • Xodim vazifani Telegram'da oladi va bitta tugma bilan «boshladim» deydi
  • Ish tayyor bo'lsa PM ko'rib chiqadi, yoqmasa nimani tuzatishni yozib qaytaradi
  • Muddati o'tgan vazifa qizil bo'lib turadi, uni qidirib o'tirmaysiz

Bajarish kerak

Stories: haftalik aksiyaJasur · bugun
Oylik hisobotNodira · 1.11

Jarayonda

Karusel: kofe tanlashda 5 xatoAli · 20.10
Reels: kuzgi menyuAli · ertaga 18:00

Tekshiruvda

Banner: yangi filialDilnoza · 2 soat kechikdi
Reels: kuzgi menyuAli · ertaga 18:00

Tayyor

Reels: kuzgi menyuQabul qilindi · Nodira

Agentlikda bo'ladigan gaplar

Bularning hammasi sizga tanish bo'lsa kerak

  1. Vazifa chatda berildi, keyin hamma unutib yubordi.

    Har vazifaning egasi va muddati bor. Muddat yaqinlashsa bot xodimga o'zi eslatadi, kerak bo'lsa o'zbekcha ovozli xabar qilib.

  2. Kuniga o'n marta «xo'sh, qayerda qoldi?» deb so'raysiz.

    Doskaga qarasangiz bo'ldi: kim nimani boshlagan, nima tekshiruvda turibdi, nima kechikyapti.

  3. Post kechikdi, mijoz yana norozi.

    Tayyor postni kalendarga qo'yasiz, vaqti kelganda o'zi chiqadi. Instagram, Telegram kanal va YouTube'ga bir vaqtda yoki alohida-alohida.

  4. Mijozning paroli uchta xodimning telefonida turibdi.

    Mijozga havola yuborasiz, akkauntini o'zi ulaydi. Parol hech kimga berilmaydi, xodim ishdan ketsa ham kirish sizda qoladi.

  5. Bitta reels uchun ssenariyga bir kun, dizaynga yana bir kun.

    AI har mijozning narxlarini, gapirish uslubini va eski postlarini biladi. Ssenariy, matn, karusel yoki rasmni shu vazifaning ichidan so'raysiz.

  6. Oy oxirida kim qancha ishlagani ustida bahs.

    Hisob o'zi yuritiladi: reja, vaqtida topshirilgan va qaytarilgan ishlar. Oyning 1-sanasida hisobot Telegram'ga keladi.

Oddiy bir kun

Ish kuni shunday o'tadi

Ertalabki xabar

Kun boshida har xodim Telegram'da bugungi ishlarini va kechikkanlarini ko'radi.

2BrainXayrli tong, Ali! Bugun 2 ta vazifangiz bor, bittasi kechikkan.

PM vazifa beradi

Qaysi mijoz, kim qiladi, qachongacha. Xodimga darhol Telegram'da boradi.

2BrainNodira (PM) yangi vazifa berdi: kuzgi menyu uchun reels. Muddat: ertaga, 18:00 BoshladimTayyor

AI ssenariy yozadi

Bir nechta hook, kadrlar rejasi va post matni. Hammasi mijozning uslubida.

0–3s
«Kuz keldi, menyu ham yangilandi»
3–9s
Uchta ichimlik yaqin planda
9–15s
Barista retseptni aytadi

Tekshiruv

Xodim «Tayyor»ni bosadi va ish PM'ga boradi. Yoqmasa, PM nimani tuzatishni yozib qaytaradi.

2BrainNodira qaytardi: rang brendbukdagidan ochroq chiqibdi, tuzatib yuboring.

Ovozli eslatma

Muddatga yarim soat qolganda bot o'zbekcha ovozli xabar yuboradi.

Post chiqdi

Hech kim qo'lda joylamaydi. Belgilangan vaqtda tanlangan akkauntlarga o'zi chiqadi.

  • @coffeehouse.uzChiqdi
  • Coffee House | ToshkentChiqdi
  • Coffee House TVChiqdi

Oylik hisobot

Kim nechta ish qildi, qanchasi vaqtida bo'ldi, qanchasi qaytarildi. Telegram'ga keladi, Excel'ga ham yuklab olasiz.

2BrainOktabr: 38 ta ish, 91 foizi vaqtida. Eng ko'p ishlagan Ali, 95 ball.

Oy oxiri

Oy oxirida bahs bo'lmaydi

Ball uchta narsadan chiqadi va formulani hamma oldindan biladi. Shuning uchun hech kim «menga noto'g'ri hisoblangan» demaydi.

  • 60%reja bajarilishi
  • 25%o'z vaqtida topshirish
  • 15%sifat, ya'ni qaytarilmagan ish
Xodim Bajardi Vaqtida Ball
Ali ValiyevSMM menejer 14 93% 95
Dilnoza ErgashevaDizayner 12 83% 82
Jasur ToshmatovMobilograf 8 63% 64

Bu namuna. Haqiqiy hisobot har oyning 1-kuni Telegram'ga keladi, Excel'ga ham yuklab olsa bo'ladi.

Narx

Nechta odam ishlasa, shuncha to'laysiz

AI uchun alohida to'lov yo'q, u narxning ichida. Jamoa kattalashsa o'rin qo'shasiz, AI limiti ham ko'payadi. 14 kun bepul, karta kerak emas.

Start$0oyiga
Jamoa$45oyiga · yillik to'lovda $40/oy
Agentlik$105oyiga · yillik to'lovda $85/oy

Siz ham bitta o'rin hisoblanasiz. Keyin odam qo'shsangiz, oldin to'lagan kunlaringiz kuyib ketmaydi.

Start

Yakka ishlaydiganlar uchun

$0/oy

Doimiy bepul · 1 kishi

  • Faqat o'zingiz, jamoasiz
  • 200 AI javob / oy
  • 3 AI kontent / oy
  • Vazifalar va kontent reja
  • Instagram AI javob beruvchi

Agentlik

Bir nechta mijoz bilan ishlaydiganlar

$21/xodim · oy

Yillik to'lovda $17/xodim · kamida 3 kishi

  • Cheksiz loyiha, har mijozga alohida
  • Har xodimga 2 500 AI javob / oy
  • Har xodimga 100 kontent va 40 dizayn
  • Har xodimga 3 Instagram akkaunt
  • Mijozga kuzatuvchi sifatida kirish
  • Ustuvor qo'llab-quvvatlash

Qo'shimcha Instagram akkaunt: $7/oy Limit tugasa: $7 ga 1 500 ta qo'shimcha AI javob Xohlagan payt bekor qilasiz

Savollar

Odatda shularni so'rashadi

Xodim ilovaga kirmasa ham ishlaydimi?

Ha. Vazifa, eslatma va tekshiruv Telegram'ga keladi, xodim tugmani bosib «Boshladim» yoki «Tayyor» deydi. Ilovaga faqat ssenariy, dizayn va izohlar uchun kiradi.

Mijozning Instagram, Telegram va YouTube'ini qanday ulaymiz?

«Akkauntlar» bo'limida mijozga havola yaratasiz. Mijoz uni ochadi va Instagram, Google yoki Telegram'ning o'zida ruxsat beradi. Parol so'ralmaydi, ruxsatni mijoz istalgan payt qaytarib olishi mumkin.

KPI qanday hisoblanadi?

O'zi hisoblanadi: reja bajarilishi 60%, vaqtida topshirish 25%, sifat (qaytarilmagan ish) 15%. Har xodimga oylik rejani rahbar belgilaydi, hisobot oy boshida Telegram'ga keladi.

Ovozli eslatma qanday ishlaydi?

Muddat yaqinlashganda bot xodimga o'zbekcha ovozli xabar yuboradi: qaysi vazifa, qachongacha. Bu telefon qo'ng'irog'i emas, Telegram'dagi oddiy ovozli xabar.

Narx qanday hisoblanadi?

Har xodim uchun oylik to'lov: 5 kishilik jamoa «Jamoa» tarifida $9 × 5. AI limiti ham shuncha barobar ko'payadi. Xodim qo'shsangiz, to'langan kunlar hisobga olinadi.

Akkauntlar bloklanib qolmaydimi?

Yo'q. Hammasi rasmiy yo'l bilan ishlaydi: Instagram uchun Meta API, YouTube uchun Google API, Telegram kanalga esa o'zingiz admin qilgan bot post qiladi.

Ma'lumotlarimiz xavfsizmi?

Har jamoaning ma'lumoti alohida saqlanadi, kalitlar shifrlangan. Karta ma'lumotlari bizda umuman saqlanmaydi.

Sinab ko'ring

14 kun bepul, karta so'ramaymiz. Jamoani qo'shish ikki daqiqa oladi.